XIZMAT / Telegram bot yaratish
Biznes uchun Telegram bot yaratish
Mijozlaringiz Telegramda — shu yerda ularga katalog ko‘rsatish, buyurtma olish va jamoani xabardor qilish mumkin. ArchMind biznes jarayoningizga mos Telegram bot va Telegram Mini App ishlab chiqadi.
Loyihani muhokama qilishBot nimalarni qila oladi
Murojaatni qabul qilish va javobgar xodimga uzatish
Xodimlar uchun vazifa va kunlik xabarnomalar
CRM yoki ichki panel bilan ma’lumot almashinuvi
AI yordamida kontekstli javob berish (kerak bo‘lsa)
Qanday quramiz
Bot alohida o‘yinchoq emas, biznes jarayonining bir qismi. Shuning uchun avval qaysi jarayon bot orqali tezlashishini aniqlaymiz, so‘ng aynan shu jarayon uchun bot quramiz. Muddat murakkablikka qarab belgilanadi.
Suhbatdan boshlaymiz
30 daqiqalik suhbatda hozirgi jarayonni, eng ko‘p vaqt yo‘qotilayotgan bosqichni va mavjud tizimlaringizni aniqlaymiz.
Ko‘p beriladigan savollar
Bot CRM bilan ishlay oladimi?+
Ha. Telegram orqali kelgan murojaat CRM’ga tushishi va xodimga xabar sifatida yetishi mumkin. Mobil Savdo loyihasida katalog, Telegram bot va CRM shunday bog‘langan.
Telegram Mini App nima?+
Telegram ichida ochiladigan veb-interfeys: katalog, savatcha, buyurtma. Telefon ekraniga moslab quriladi.
Botga AI qo‘shish mumkinmi?+
Ha, kerak bo‘lsa. Qaysi javoblar AI orqali berilishi va qaysilari odam nazoratida qolishi birga belgilanadi.
Narx va muddat qanday belgilanadi?+
Ikkalasi ham funksiyalar va integratsiyalar hajmiga bog‘liq. Talablar aniqlangach, yozma taklif beriladi.
Jarayoningizni tasvirlab bering
Hozir ish qanday yuritilishini va nima o‘zgarishi kerakligini yozing. Dilmurod javob beradi va suhbat vaqtini kelishib oladi.
- Biznes jarayonini 30 daqiqada xaritalaymiz
- Kerakli modullar va integratsiyalarni aniqlaymiz
- Ish hajmi va birinchi bosqichni belgilaymiz