Maxfiylik tartibi
Yangilangan sana: 27-sentabr, 2026.
Qanday ma’lumot olinadi?
Ariza orqali ism, aloqa manzili, ixtiyoriy kompaniya nomi, loyiha yo‘nalishi, tavsifi va budjet oralig‘i olinadi. Parol, to‘lov kartasi yoki maxfiy biznes hujjatlarini forma orqali yubormang.
Nima uchun ishlatiladi?
Ma’lumotlar murojaatingizni ko‘rib chiqish, siz bilan bog‘lanish va loyiha taklifini tayyorlash uchun ishlatiladi. Arizalar saytning ommaviy qismida ko‘rsatilmaydi.
Saqlash va kirish
Arizalar hosting infratuzilmasidagi ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Boshqaruv paneliga faqat ruxsat berilgan administrator kiradi. Hosting va autentifikatsiya xizmatlari saytni ishlatish uchun zarur ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Cookie va tahlil
Administrator kirishi uchun himoyalangan sessiya cookie’si ishlatiladi. Sayt sahifa, sana va umumiy manba bo‘yicha tashrif hisobini yuritadi. To‘liq IP manzil va boshqa saytlardagi tarix saqlanmaydi. Tashrif yozuvlari 90 kun saqlanadi.
Reklama natijasini o‘lchash
Rozilik bilan yuborilgan yangi ariza Meta Conversions API orqali Lead hodisasi sifatida o‘lchanishi mumkin. Moslashtirish uchun email yoki telefon ochiq ko‘rinishda emas, SHA-256 xesh shaklida yuboriladi; brauzer identifikatorlari, IP manzil, qurilma agenti va ariza yuborilgan sahifa ham Meta’ga uzatilishi mumkin. Loyiha tavsifi, kompaniya va budjet Meta’ga yuborilmaydi.
Ma’lumotni yangilash yoki o‘chirish
Arizangizga oid ma’lumotlarni tuzatish yoki o‘chirishni email orqali so‘rashingiz mumkin. Murojaatni aniqlash uchun arizada ishlatgan aloqa manzilingizni ko‘rsating. Email mamatkulovdilmurod7@gmail.com.
Aloqa
ArchMind · +998 99 102 02 00