XIZMAT / Onlayn do‘kon yaratish
Onlayn do‘kon yaratish
Chiroyli vitrina yetarli emas: qaysi mahsulot bor, nechta sotildi va buyurtma qaysi holatda ekanini ham ko‘rib turish kerak. ArchMind onlayn do‘konni uning ortidagi buyurtma va ombor hisobi bilan birga quradi.
Loyihani muhokama qilishDo‘konga nimalar kiradi
Savatcha va buyurtma berish yo‘li, mobil ekranga moslashgan
Buyurtmalar va ularning holatini boshqarish
Tovar qoldig‘i va tannarx hisobi
Tushum va xarajatlar bo‘yicha ichki hisob
Qanday quramiz
Xarid qilish yo‘li va do‘kon egasining kundalik boshqaruvini bitta mahsulot sifatida loyihalaymiz. Katalogdan buyurtmagacha, ombordan hisob-kitobgacha bo‘lgan modullar o‘zaro bog‘lanadi. Muddat hajmga qarab belgilanadi.
Suhbatdan boshlaymiz
30 daqiqalik suhbatda hozirgi jarayonni, eng ko‘p vaqt yo‘qotilayotgan bosqichni va mavjud tizimlaringizni aniqlaymiz.
Ko‘p beriladigan savollar
Onlayn do‘kon va marketplace orasida farq nima?+
Onlayn do‘kon bitta sotuvchiga xizmat qiladi. Marketplace esa bir platformada bir nechta mustaqil sotuvchini boshqaradi.
Ombor hisobi do‘konga kiradimi?+
Ha, kerak bo‘lsa. Parfume Lux loyihasida katalog, buyurtmalar, tovar qoldig‘i va tannarx hisobi bitta tizimda yuritiladi.
To‘lov tizimini ulash mumkinmi?+
To‘lov integratsiyasi loyiha talabiga va to‘lov hamkorining rasman tasdiqlangan shartlariga qarab belgilanadi.
Narx va muddat qanday belgilanadi?+
Funksiyalar, integratsiyalar va dizayn hajmiga qarab. Talablar aniqlangach, yozma taklif beriladi.
Jarayoningizni tasvirlab bering
Hozir ish qanday yuritilishini va nima o‘zgarishi kerakligini yozing. Dilmurod javob beradi va suhbat vaqtini kelishib oladi.
- Biznes jarayonini 30 daqiqada xaritalaymiz
- Kerakli modullar va integratsiyalarni aniqlaymiz
- Ish hajmi va birinchi bosqichni belgilaymiz