Qayerda vaqt va savdo yo‘qolayotgan edi?
Xalqaro xaridorga oddiy katalog yetmaydi: narx, MOQ, sertifikat, yetkazish sharti va ishlab chiqaruvchi ishonchliligi kerak. Eksportchi esa real talabni ko‘rib, tez tijoriy taklif yubora olishi lozim.
CASE STUDY / Global marketplace / UX & UI
O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro xaridor talabiga mos ko‘rsatadigan global B2B marketplace konsepsiyasi.
UzExport Global — mahsulot katalogi, RFQ xarid so‘rovlari, eksportchi kabineti va savdo xizmatlarini bitta interaktiv prototipda birlashtirgan marketplace tajribasi.
Marketplace’ni muhokama qilishXalqaro xaridorga oddiy katalog yetmaydi: narx, MOQ, sertifikat, yetkazish sharti va ishlab chiqaruvchi ishonchliligi kerak. Eksportchi esa real talabni ko‘rib, tez tijoriy taklif yubora olishi lozim.
Xaridor va eksportchi uchun alohida yo‘llar loyihalandi. Qidiruv, filtr, mahsulot kartasi, RFQ, namuna so‘rovi, taklif va kabinet ekranlari kliklanadigan prototipga aylantirildi.
Konsepsiya jahon marketplace’ining biznes mantiqini taqdimotdan real bosib ko‘riladigan mahsulotga aylantirdi. Jamoa foydalanuvchi yo‘llarini sinaydi, investitsiya va ishlab chiqish hajmini aniqroq muhokama qiladi. Haqiqiy escrow va to‘lov ushbu prototip doirasiga kirmaydi.
Tarmoq, mahsulot, HS-kod, sertifikat va yetkazish sharti bo‘yicha qidiruv.
MOQ, ulgurji narx, quvvat, sertifikat va ishlab chiqaruvchi ma’lumoti.
Xaridor miqdor va manzilni beradi, eksportchi taklif tayyorlaydi.
Mahsulotlar, so‘rovlar va mijoz bilan muloqot oqimi.
Mahsulot, tarmoq va filtr
Narx, MOQ va sertifikat
RFQ yoki namuna
Eksportchi javobi va muzokara
Xaridor va sotuvchi oqimini interaktiv prototipga aylantirib, ishlab chiqishdan oldin biznes mantiqini tekshiramiz.