Murojaatdan smeta, ishlab chiqarish va moliyagacha — bitta boshqaruv zanjiri.
Artline Decor uchun sayt, savdo CRM’i, smeta, ishlab chiqarish, ombor va moliya bir-biridan uzilgan vositalar emas, bitta operatsion tizim sifatida qurildi.
Fasad buyurtmasi reklama yoki tavsiyadan keladi, keyin o‘lchov, dizayn, smeta, material tayyorlash, ishlab chiqarish va to‘lov bosqichlaridan o‘tadi. Ma’lumot tarqoq bo‘lsa, menejer mijozni, sex materialni, rahbar esa foyda va muddatni yo‘qotadi.
Bizning yechim
Jarayonni bitta tizimga qanday yig‘dik?
Biz mijoz uchun ikki tilli vitrina va jamoa uchun yagona ish maydonini bog‘ladik. Har bir lid mijoz kartasiga aylanadi; o‘lchov va smeta buyurtmaga birikadi; material sarfi, ishlab chiqarish holati, tushum va xarajatlar shu buyurtma kontekstida yuritiladi.
Biznes natijasi
Tizim ishga tushgach nima o‘zgardi?
Rahbar savdo, operatsiya va moliyani bitta manbadan ko‘radi. Menejer keyingi vazifani, ishlab chiqarish esa aniq smeta va material talabini oladi. Mijoz uchun chiroyli sayt ortida nazorat qilinadigan biznes jarayoni ishlaydi.
Yechim tarkibi
Natijani yaratgan modullar
01
Lead va savdo CRM
Sayt, qo‘ng‘iroq va messenjerlardan kelgan murojaatlar bitta voronkada yuritiladi.
02
O‘lchov, smeta va taklif
Element turi, o‘lcham va miqdordan narx hisoblanadi, taklif PDF ko‘rinishida beriladi.
03
Ishlab chiqarish va BOM
Buyurtma retseptura, material talabi va ishlab chiqarish vazifalariga aylanadi.
04
Ombor va ta’minot
Kirim-chiqim, qoldiq va buyurtmaga sarflangan materiallar qayd etiladi.
05
Moliya va rahbar nazorati
Tushum, xarajat, avans, buyurtma qiymati va umumiy ko‘rsatkichlar jamlanadi.
Tizim xaritasi
Har bir bosqich keyingisiga ma’lumot beradi
01Murojaat
Sayt yoki menejer orqali yangi lid
02Hisob
O‘lchov, dizayn va tasdiqlangan smeta
03Bajarish
Material, ombor va ishlab chiqarish
04Nazorat
To‘lov, foyda, muddat va mijoz tarixi
Vizual dalil
Interfeys va jarayon ichidan
Mijoz uchun raqamli vitrina
Portfolio, xizmatlar va konsultatsiya oqimi bir brend tajribasida.
Slayd 1 / 2
Bog‘langan tizimlar
ERP / hisob tizimibuyurtma va statuslarni sinxronlash
Telegramtezkor jamoa xabarnomalari
Texnologik asos
Next.js
TypeScript
ERPNext API
Telegram
Keyingi qadam
Buyurtmalar ko‘payganda ham nazorat yo‘qolmasin
Savdo, ombor va moliya jarayoningizni 30 daqiqada xaritalab, qaysi bosqichdan avtomatlashtirishni ko‘rsatamiz.